Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Xagita bilan uchrashdi.

Uchrashuvda YeTTB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, chiqindilarni boshqarish sohasidagi ishlar va ushbu yo‘nalishda investitsion salohiyatni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, chiqindilarni boshqarish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha texnik iqtisodiy asosni ishlab chiqishga ham etibor qaratildi. “Yashil energiya” sohasiga innovatsion loyihalarni keng joriy etish, iqlim o‘zgarishining oldini olish bo‘yicha strategik muhim dasturlarni ishlab chiqish borasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish muhimligi ham qayd etildi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro samarali hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, soha bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etishga kelishildi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA