Qo‘qon shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda videoaloqa orqali Qoraqalpog‘iston rahbariyati, barcha viloyat va tumanlar hokimlari ham qatnashmoqda.

Ta’kidlanganidek, viloyatda bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida Farg‘ona aholisi turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, viloyat iqtisodiyotiga faol investitsiyalar jalb qilib, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha katta marralar olindi.  

–Oldimizda hali yetti yil bor, bu ishlarni ertaga yoki keyingi yildan boshlaymiz, degan vazir, hokim yoki sektor rahbarlari qattiq adashadi. Chunki, odamlarimiz, xususan, Farg‘ona ahli saylovoldi dasturlarida ko‘tarilgan har bir tashabbus bo‘yicha bizdan aniq natijalarni bugundan kutayapti.

Bundan buyon hududlarga borganimda hokimlar ham, vazirlar ham yangi qurilgan ob’ektlarni ko‘rsatish bilan qutulmaydi. Endi hududlarni rivojlantirish bo‘yicha muammolarni ochiq-oydin gaplashamiz. Bu borada so‘rov qattiq bo‘ladi, masalani ichiga kirmagan rahbarlar shu joyning o‘zida ishdan olinadi, – dedi Prezident.

O‘zA