Fotoreportaj

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda voleybol bo‘yicha 16 yoshlilar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuida voleybolchi yigitlarimiz yaponiyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushdi. Keskin va murosasiz o‘yinda omad yaponlarga kulib boqdi: O‘zbekiston-Yaponiya 2:3.

Ertaga sportchilarimiz Eron terma jamoasiga qarshi uchrashuv o‘tkazishadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA