Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida

Birlashgan Arab Amirliklari rasmiy axborot agentligi – “WAM” sahifalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va BAA vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgani haqida maqola e’lon qilindi. Maqolada ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgani qayd etilgan.

Nashrda Shayx Mansur Ol Nahayon davlatimiz rahbarini tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, muvaffaqiyat tilagani, Amirliklar Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgani alohida urg‘ulangan.

Maqolada BAA va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabat, ikki do‘st mamlakat va xalqlar umumiy manfaatiga xizmat qiluvchi, mintaqaviy hamda xalqaro ahamiyatga molik turli soha va tarmoqlarda rivojlantirish yo‘llari muhokamasi ta’kidlangan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA