Yunonistonning Evbeya orolida yong‘in o‘chog‘ini bartaraf qilishda ishtirok etgan “Canadair CL-215” samolyoti halokatga uchradi.
“Evbeya orolida harakatlangan samolyot ekipaji – mamlakat harbiy havo kuchlari zobitlari vafoti munosabati bilan milliy mudofaa vaziri Nikos Dendias tomonidan mamlakat qurolli kuchlarida uch kunlik motam e’lon qilindi”, – deyiladi vazirlik tarqatgan xabarda.
Gretsiyaning “ERT” telekanali uchoq qulab tushayotganini namoyish qilgan. Dastlab daraxtga urilgan samolyotning qanoti uzilib tushgan.
O‘zA