Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarorida e’lon qilinishicha, Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi ikki barobarga oshiriladi.

Qaror ilovasiga ko‘ra, “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ taklif etayotgan 1 metr kub ichimlik suvi 1700 so‘mga ko‘tariladi (avvalgi narxi 950 so‘mni tashkil etadi).

“Chimyon-Chorbog‘ suv ta’minoti” MCHJ taklif etayotgan suv narxi esa 1050 so‘mga oshirilishi belgilangan (avvalgi narxi 550 so‘m). “Musaffo obi hayot” narxlari esa deyarli o‘zgarmagan (565 so‘mga 600 so‘m).

Yangi tariflar 2023 yil 20 avgustdan boshlab qo‘llaniladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, avval Surxondaryo  va Qashqadaryoda ham ichimlik suvi narxlari ikki barobarga oshirilgan.

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA