Rossiya dunyo xaritasini o‘zgartirmoqchi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin amaldagi dunyo xaritasi tarixiy va jug‘rofiy haqiqatlarga soya solayotganini, ruscha nomlar o‘chirilganini sabab qilib ko‘rsatib, yangi xarita tuzish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Vladimir Putin Rossiya geografiya assosiatsiyasi direktorlar kengashi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Rossiyaning yangi dunyo atlasi ishlab chiqilishi zarurligini, bu atlas, avvalo, rus tilida tuzilib, keyin boshqa tillarga tarjima qilinishi bo‘yicha topshiriq bergan.

Xuddi shunday topshiriq Rossiya Mudofaa vazirligiga ham berilgani ma’lum bo‘ldi.

«Tarixda kashfiyotchilarimiz va sayyohlarimiz muayyan joylarga ruscha nomlar qo‘yishgan. Lekin afsuski, bugun ushbu nomlar tarix sahifalaridan o‘chib boryapti. Rossiya dunyoni kashf qilishga hamda ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shgan. Bu ham unutilib boryapti. 2020-yili Antarktidaning kashf qilinishi yubileyini nishonlaymiz. Ammo Antarktidani kashf qilgan Mixail Lazarev i Feddi Bellinsgauzenning nomlari bugun xaritada yo‘q. Amaldagi xaritalarda begonalarning nomlari bor, bu holatni to‘g‘rilash kerak», dedi V.Putin.

 

Tolibjon Nizomov, O‘zA