Rossiyaning Yekaterinburg shahrida “RCC Boxing”tomonidan professional boks bo‘yicha turnir o‘tkazildi. Professional boks oqshomida ikki nafar charm qo‘lqop ustamiz ringga ko‘tarildi.

Kechaning o‘rta vazn toifasida Bobo-Usmon Baturov rossiyalik Vadim Lubsanovni mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu jang to‘liq 8 raund davom etdi.

Yarim og‘ir vaznda ringga ko‘tarilgan Mardon Kamolov o‘zining ilk jangida belaruslik Aleksey Alfyorovga kichik hisobda yengildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA