Aralash jang san’atlari ustasi, hamyurtimiz Mahmud Murodov Londondagi UFC turnirida jang qildi.

Mahmud Murodov amerikalik Brayan Barberenaga qarshi jang qildi. 3 raund davom etgan bahsda Mahmud hakamlarning qarori bilan g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov shu kungacha UFC’da 6 ta jang o‘tkazgan. Bugun jangdan so‘ng u g‘alabalar sonini 4 taga yetkazib oldi. Afsuski, u ikkita jangda imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA