Yangi e’lon qilingan “Pasport indeksi”da O‘zbekiston 78-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston fuqarolari 59 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda borishi mumkin.

2022 yilda mamlakat 88-pog‘onani qayd etgan. Birinchi o‘rinni Singapur egallagan. Ushbu davlat fuqarolari 193 davlatga vizasiz bora oladi yoki borgandan viza beriladi.

Ushbu reytingda yillar davomida Yaponiya yetakchilik qilib kelgan edi. Ayni damda kunchiqar mamlakat uchinchi pog‘onada turibdi.

Markaziy Osiyo davlatlari ichida yaxshi natijani Qozog‘iston ko‘rsatgan — 66-o‘rin. Qozog‘istonliklar 77 davlatga vizasiz bora oladi.

Reyting so‘ngida Afg‘oniston turibdi (27 davlat). Undan keyingi o‘rinlarni Suriya va Iroq egallagan.

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA