Italiyaning Pordenone shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha “6 SERE INTERNAZIONALE CITTÀ DI PORDENONE” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Turnirda velosport bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari munosib ishtirok etmoqda. Ochkolar uchun kechgan poygada 2 nafar velopoygachimiz shohsupaga ko‘tarildi. Musobaqada Nafosat Qo‘ziyeva oltin, Margarita Misyurina bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, turnirning guruh poygasi uchun kechgan poygada Margarita Misyurina kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Xalqaro turnir ertaga, 22 iyul kuni yakunlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri