Mamlakatimizning ikki nomdor futbol klubi – “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari Superliga bahslarining ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu munosabat bilan har ikki jamoa o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Almati shahrida “Paxtakor” klubi Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan uchrashuvning 90+2 daqiqasida “Paxtakor” legioneri Pshemislav Banashak gol urib, o‘yinda hisobni ochdi va bu gol hamyurtlarimizga Markaziy Osiyo derbisida g‘alaba keltirdi.

Qarshi shahrida “Nasaf” Tojikistonning “Istiqlol” klubini qabul qildi. Unda “ajdarlar” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Har ikki golga “Nasaf” jamoasiga yaqinda qo‘shilgan legioner Jigauri mualliflik qildi.

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA