Shu kunlarda qardosh Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati g‘arbidagi qator hududlarda, Sug‘d viloyatida va yana bir necha tumanda muz ko‘chkisi xavfi saqlanib qolmoqda.
Hukumat huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi aholini ehtiyotkorlik choralarini ko‘rib qo‘yishga chaqirdi.
“Toshqin xavfini kamaytirish uchun oqib ketadigan yo‘nalishlar va ariqlarni chiqindidan tozalash kerak, imkon qadar o‘tin terish, baliq oviga chiqish, mol boqish va ovchilik qilishdan tiyilib turish lozim”, deyiladi chaqiriqda.
Bundan tashqari, transport xaydovchilari, alpinizm ishqibozlari, avto, moto va velosayohatchilar tog‘li joyda harakatlanganda texnika xavfsizligiga amal qilishi, o‘rnatilgan harakat oralig‘ini saqlashi shartligi ta’kidlangan.