Joriy yil 28 iyul-8 avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahrida navbatdagi, XXXI Jahon yozgi universiadasi bo‘lib o‘tadi.
“Jenmin jibao” nashri xabarida aytilishicha, mazkur nufuzli sport anjumani bosh media-markazi dunyo ommaviy axborot vositalarini zarur infatuzilma va xizmatlar bilan ta’minlaydi.
Jurnalistlarga ofis, oziq-ovqat, transport, tibbiy xizmat, dam olish va ko‘ngil ochar dasturlar taqdim etiladi. Universiadaning rasmiy ochilishidan keyin media-markazda nomoddiy madaniy merosga bag‘ishlangan turli tadbirlar tashkil qilinadi.
Mehmonlar Xitoy xalqining qadimiy madaniy merosi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Yer yuzining turli mintaqalaridan kelgan jurnalistlar Ba-Shu (Sichuan) madaniyatining noyob va maftunkor jihatlariga guvoh bo‘ladilar.
Bosh media-markaz 25 iyuldan boshlab kun bo‘yi ishlash tartibiga o‘tadi.