Italiyaning Rim shahrida seshanba kuni harorat rekordi qayd etildi. Mamlakat meteostansiyasi shaharning sharqiy qismida Selsiy bo‘yicha +41,7 darajani ko‘rsatgan.
Avvalgi rekord o‘tgan yil iyun oyida o‘rnatilgan, o‘shanda mamlakat harbiy havo kuchlari ob-havo stansiyasi poytaxt shimolida harorat +40,7 darajaga yetgani haqida xabar tarqatgan edi. Boshqa bir ma’lumotga ko‘ra, rekord 1984 yil qayd etilgan – +40-40,5 daraja.
Bu galgi ko‘rsatkich ham Italiya poytaxtida harorat strategik belgidan oshganini namoyish qildi. Harorat Kolizeyda kunning ikkinchi yarmida +40,3, markaziy “Termini” vokzalida esa +41,1 darajaga ko‘tarilgan. Shahar dorixonalaridagi termometrlar esa vahimali +45 raqamini ko‘rsatmoqda, deb yozgan “RIA Novosti”.
Milliy meteomarkaz mutaxassislari fikricha, boshlangan hafta Italiya tarixidagi eng issiq davr bo‘lishi mumkin.