Mualliflik huquqi fuqarolik huquqining bir qismidir. Ular fan, adabiyot va san’at asarlari yaratuvchilarning huquqlarini tartibga soladi va himoya qiladi. Mualliflik huquqi fuqarolik huquqi instituti sifatida ko‘rib chiqiladi. Hozirda mualliflik huquqi ko‘plab xalqaro konvensiyalar bilan himoya qilinadi.

Shu bilan birga, amaldagi “mualliflik huquqi sohasi” bilan aloqada bo‘lmagan va zamonaviy mualliflik huquqining asosiy prinsiplari bilan tanish bo‘lmaganlar uchun mualliflik huquqi bilan bog‘liq qonun hujjatlarini tushunish juda murakkab muammo bo‘lib qoladi.

Har bir muammoli masalalar bo‘yicha Qonunchilikda huquqiy asoslar belgilangan bo‘lib, yuridik fanlari doktori, professor, san’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish Palatasi raisi Boboqul Toshev bilan o‘tkazilgan turkum videolavhalarni kuzatib boring va o‘z haq-huquqlaringiz haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ling.

Batafsil: 

M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA