Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Ortda qolgan kunlarda chempionat dasturidan o‘rin olgan qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Poyoniga yetgan shiddatli kurashlar sarhisobiga ko‘ra, terma jamoamiz a’zolari 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Dilshoda Matnazarova va Sarvinoz Jiyembayeva kumush, Ulmeken Esenbayeva, Nigina Sobirova, Gulmira Aytmuratova, Mardona Qadamova va Valentina To‘raniyazova bronza medaliga sazovar bo‘lishdi.

Ushbu natijalar sababli yurtdoshlarimiz ochkolar bo‘yicha Hindiston va Yaponiya termalaridan keyin uchinchi o‘rinni egallashdi.

T.Ro‘ziyev, 

O‘zA