Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishida davlat statistika qo‘mitasi raisi Dovletgeldi Omonmuhammedov 2022 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan aholini ro‘yxatga olish natijasini e’lon qildi, deb xabar berdi “TDX” davlat axborot agentligi.

Ma’lumotga ko‘ra, Turkmanistonda ayni payt 7 million 57 841 kishi ro‘yxatga olingan.

Mari viloyatida 22,9 foiz (1 616 246), Dashhouzda 22 (1 552 725), Lebapda 20,5 (1 446 857), Ashxobodda 14,6 (1 030 445), Axalda 12,5 (882 230) va Olqon viloyatida 7,5 (529 338) foiz fuqaro istiqomat qilmoqda.

Aholining “yarmidan ko‘pini” ayollar tashkil qiladi. 47,1 foiz shaharda, 52,9 foiz qishloqda yashaydi.

“Xronika Turkmenistana” nashri Omonmuhammedovga tayanib ma’lum qilishicha, mamlakatda 2012 yilga nisbatan turar-joy binolari soni 12,4 foiz oshgan. 2022 yil respublikada 1 005 671 shunday inshootlar qayd qilingan.

Ilgari Turkmaniston aholisi soni haqida rasmiy ma’lumot e’lon qilinmagan, turli manbalar raqamlarni turlicha baholab kelgan.