Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo WT bo‘yicha G1 tasnifiga kiruvchi Gran-Pri chellenj turnirida hamyurtimiz Madina Mirabzalova 57 kilogramm vaznda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Gran-Pri chellenj turnirida to‘rtinchi raqam ostida tasniflangan Madina Mirabzalova saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Shundan so‘ng yarim final ostonasida vetnamlik Cham Ngok Famni mag‘lub etdi. Final yo‘llanmasi uchun bahsda musobaqaning birinchi raqamli sportchisi Vey-Chun Linga imkoniyatni boy berdi va bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Xalqaro turnirning bronza medali uchun kurashda Mirabzalova mezbonlar vakilasi Yong Yang Jong bilan ro‘baro‘ keldi.
Shiddatli o‘tgan uchrashuvla hamyurtimiz 2:0 hisobida raqibini taslim etib, Koreya Respublikasida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilishini ta’minladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA