Turkiya 2016 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishni unutmaydi, tashqi kuchlar mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan rejalarini amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqida Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an tegishli sanaga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

“15 iyuldagi voqeani bugun ham, 7 yoki 70 yildan keyin ham unutmaymiz, boshqalar ham unutmasligini istaymiz. Shuningdek, millatimizga qarshi hiyla-nayrang ssenariylari amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, dedi davlat rahbari.

U “pistirmada o‘tirgan”larga va mamlakatda beqarorlik yuzaga keltirishni rejalayotganlarga shu yo‘l bilan ochiq murojaat qilganini ta’kidladi.

Erdog‘an Turkiya o‘sha kunlari “bir butun, bir yurak bo‘lish mumkinligi”ni butun dunyoga namoyish etganini qayd etdi.

– Biz tomonda 85 millionlik xalqimiz bor, – dedi u. – Biz qurol-aslaha, tank va samolyotlar bilan milliy irodani yengib bo‘lmasligini ko‘rsatdik, Turkiya ustidan g‘alaba qozonib bo‘lmasligini yana bir bor namoyish etdik.

Respublikada 15 iyul kuni nishonlanadigan “Deklaratsiya va milliy birlik kuni” munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab xotira tadbirlari o‘tkazildi.

2016 yil 15 iyul kuni bir guruh harbiylar va fuqaro-fitnachilar Turkiyadagi qonuniy hukumatni, Erdog‘anni ag‘darish uchun davlat to‘ntarishiga uringan edi.

O‘zA