“Tokio-2020” Olimpiadasi g‘olibi, ikki karra jahon chempioni bo‘lgan iste’dodli bokschimiz Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi jangini AQSHda o‘tkazadi.

Bu haqda boks bo‘yicha milliy terma jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Tajribali murabbiyning bildirishicha, Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi jangini 26 avgust kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida o‘tkazadi. Hamyurtimizga kim raqiblik qilishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov o‘tgan yilning noyabr oyida professional boksdagi so‘nggi jangini o‘tkazgandi. O‘shanda u amerikalik Kyortis Xarperni mag‘lubiyatga uchratgandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zА