Fransiya parlamenti Rossiyaning Ukrainadagi urushi va tez o‘sib borayotgan global tahdidlar sabab shu o‘n yillikning oxirigacha harbiy xarajatlarni ko‘p milliard dollarga oshirishni ma’qulladi.
2024-2030 yillarga mo‘ljallangan yangi byudjet 2019-2025 yillarga mo‘ljallangan 295 milliard yevrolik harbiy xarajatlar rejasidan uchdan bir baravar ko‘proq. Hujjat Senat tomonidan 313 ovoz bilan, 17 nafar qarshi ovoz bilan ma’qullangan. Bu pullar Fransiya yadro arsenalini modernizatsiya qilish, razvedka xizmatlariga xarajatlarni ko‘paytirish va masofadan boshqariladigan qurollarni ishlab chiqish uchun sarflanadi.
Yangi harbiy reja harbiy zaxiradagilar sonini ikki baravar oshirish va kibermudofaani kuchaytirish, shuningdek, Ukrainaga yordam berish va Fransiya qurolli kuchlarini munosib qo‘llab-quvvatlash maqsadida qurol ishlab chiqarish salohiyatini oshirishni nazarda tutadi.
O‘zA