Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Polshaning Smolenskdagi konsullik agentligini yopish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi. Tegishli hujjat huquqiy axborotning rasmiy portalida e’lon qilingan. Bu haqida “Anadolu” xabar berdi.
“Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Polsha Respublikasining Smolensk shahridagi konsullik agentligini Smolensk viloyati hududini o‘z ichiga olgan konsullik okrugi bilan yopish to‘g‘risidagi taklifini qabul qiling”, – deyiladi hujjatda.
Agentlikni yopish to‘g‘risidagi qaror Polsha hukumatining Rossiyaga qarshi nodo‘stona harakatlariga javob sifatida qabul qilindi. Xususan, gap Polsha hududidagi Rossiya diplomatik mulki noqonuniy olib qo‘yilgani va Rossiyaning Polshadagi diplomatik ishtiroki sezilarli darajada qisqarishi haqida bormoqda, deya tushuntirdi Rossiya hukumati.
RF Vazirlar Mahkamasi ta’kidlashicha, hukumatning javob chorasi sifatida tasdiqlangan buyrug‘i Rossiyaning Polshadagi va Polshaning Rossiyadagi konsullik muassasalari tengligini tiklashga imkon beradi.
O‘zA