Kunchiqar mamlakat ta’lim va fan vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, portlash Yaponiyadagi sinov poligonida ro‘y bergan.
“Jiji” axborot agentligi yozishicha, portlash Akita prefekturasidagi poligonda “Epsilon-S” raketasi ikkinchi bosqich dvigateli sinovi paytida ro‘y bergan. Sinov Yaponiyaning JAXA aerokosmik agentligi tomonidan amalga oshirilgani aytilmoqda. Jabrlanganlar haqida hozircha hech qanday xabar berilmagan, ayni payt favqulodda vaziyat sabablari o‘rganilmoqda.
Yaponiya kichik raketalardan tijorat maqsadida foydalanishni rejalashtiryapti. Xususan, ushbu raketalar rivojlanayotgan mamlakatlar sun’iy yo‘ldoshlarini arzon narxlarda orbitaga olib chiqish uchun qo‘llaniladi.