Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvi shanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
«Shanba kuni, 15 iyulda Bryusselda Yevropa kengashi raisi va Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashuvimiz rejalashtirilgan. Men o‘z ishtirokimni tasdiqladim», – dedi Pashinyan hukumat majlisida. U uchrashuv davomida Boku bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralarda ijobiy siljishga erishishga umid bildirdi.
2023 yil may oyida Pashinyan uning mamlakati Ozarbayjon suverenitetini Qorabog‘ hududi bilan birga, umumiy maydonini 86,6 ming kvadrat kilometrdan iboratligini tan olishi haqida bayonot bergan edi.
Ilhom Aliyev mazkur masalaga to‘xtalib, agar Armaniston o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmasa Ozarbayjon va Armaniston tinchlik shartnomasini yaqin kelajakda imzolashi mumkin, degan edi.