Yoz chillasida soya-salqin, tanga orom beradigan joylarni izlaymiz. Hamma ham tog‘ yonbag‘irlariga borib, hordiq chiqarishga imkon topishi mushkul. Ammo poytaxtimizning qoq markazida shunday orombaxsh joy borligini bilasizmi?

Bu “Milliy bog‘” hududidagi “Qumli” dam olish maskanidir.

Mazkur maskan faoliyat boshlaganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Bu yerda cho‘milish, oftobda toblanish, qayiqda sayr qilish mumkin. Bolalarning yayrab dam olishi uchun ham barcha sharoit yaratilgan.

 

Azimxon BOYXO‘JAEV(surat),O‘zA