Xitoyning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili  Chjan Szyun NATOning Pekinga qarshi ayblovlarini qat’iyan rad etdi va Shimoliy Atlantika alyansining qadami qayerga yetmasin, o‘zidan keyin salbiy iz qoldiradigan “barcha muammolarning manbai” ekanini ta’kidladi.

Vilnyus sammiti yakuniy hujjatida Alyans mamlakatlari Xitoy yadro arsenalini ko‘paytirishidan xavotirda ekani va ularning fikricha, Pekinning yadroviy qurol nazorati sohasidagi sa’y-harakatlari yetarli emasligidan dalolat berishi aytilgan.

-NATO o‘zini mudofaa ittifoqi, deb ataydi, lekin a’zolarini doimiy ravishda harbiy xarajatlarni ko‘paytirish, butun dunyo bo‘ylab harbiy faoliyatni amalga oshirishga undaydi.Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashib, urushlarni qo‘zg‘aydi va hamma joyda kir iz qoldiradi.
Son-sanoqsiz faktlar NATO muammolarning haqiqiy manbai ekanligini ko‘rsatadi, dedi Chjan Szyun.

Xitoy diplomati ta’kidlashicha, NATOning ayrim davlatlari ikki tomonlama standartlarni qo‘llaydi, mamlakatlarda qurol joylashtiradi va mintaqaviy keskinlikni kuchaytiradi.

“NATO o‘z qadriyatlarini qayta ko‘rib chiqishi kerak”, deb xulosa qiladi xitoylik diplomat.

O‘zA