“Hindiston dunyodagi eng yosh davlat: boshqa davlatlar “qariyotgan” bir paytda hind yoshlari mamlakat mulki bo‘lib qoladi”, deya ta’kidladi ushbu mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi “L’Echo” gazetasiga bergan intervyusida.

– Hindiston sivilizatsiyasi boy, ming yillik tarixga ega, – dedi Modi. – Mamlakatning haqiqiy boyligi – yoshlar. Dunyoning ko‘plab davlatlari “qarib”, aholisi qisqarayotgan bir paytda Hindistonning yosh, mamlakali ishchi kuchi kelgusi o‘nlab yillar uchun muhim resurs bo‘lib qoladi.

Aprel oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasi 2023 yil o‘rtalarida nufusi 1 milliard 428 milliondan oshadigan Hindiston Xitoyni bu borada ortda qoldirishini bashorat qilgan edi.

O‘shanda mamlakat ahlining 50 foizdan ko‘pini 25 yoshgacha, 65 foizdan ziyodini 35 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tashkil qiladi. 2020 yil Hindiston fuqarolari o‘rtacha 29 yosh edi.