BMT Xavfsizlik kengashi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi navbatdagi raketa sinovini amalga oshirgani munosabati bilan tezkor majlis o‘tkazadi, deya ma’lum qildi Buyuk Britaniyaning Tashkilotdagi doimiy vakolatxonasi.
“Shimoliy Koreya qit’alararo ballistik raketa uchirgani sababli, Xavfsizlik kengashi payshanba kuni tezkor majlis o‘tkazadi”, – deyilgan ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarda.
Hozir Britaniya kengashda rais hisoblanadi. KXDR joriy yil davomida to‘rtinchi bor BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzib qit’alararo ballistik raketa sinovini amalga oshirdi.