O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 iyulda qabul qilingan “Xiva – 2024 yilda Islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga bu haqda band kiritildi.

Ҳужжатда Xiva shahrining turistik salohiyatini xalqaro maydonda faol targ‘ib qilish maqsadida 2023-2024 yillarda bir qator muhim tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.

Xususan, “Taste of Uzbekistan Festival” shiori ostida gastronomik festival o‘tkaziladi. Xivada, shuningdek, Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan “Strongmen” xalqaro bahodirlar o‘yini musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

“Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi boshqa tadbirlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zA