Misrning Iskandariya shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatining saralash bashlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hamyurtimiz Samira Abzalova final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Samira Abzalova chempionatning “A” guruhidagi kvalifikatsiya musobaqalarining qilichbozlik va to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida 250 ochkodan, suzish dasturida 243 hamda lazer-ran yo‘nalishida 484, jami 1227 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Sportchimiz erishgan ushbu natija chempionatda qatnashayotgan “V” guruh vakillarining ochkolari bilan taqqoslaganda saralash bosqichidagi to‘rtinchi ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.

Endi Samira 15 iyul kuni jahon chempionati final bosqichida medallar uchun kurash olib boradi.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA