Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida FIFA Forward 3.0 dasturi doirasida Markaziy va Janubiy Osiyo futbol assotsiatsiyalari vakillari ishtirokida ikki kunlik seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Avaz Maqsumov yetakchiligidagi bir guruh mamlakatimiz futbol mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminarda bir qancha muhim mavzular, jumladan, ayollar futboli va jahon futbolini rivojlantirish loyihalari, FIFAning maktablarda futbol va Digital Skills dasturlari yuzasidan munozaralar olib borildi.
Seminar davomida mamlakatimiz futbol mutaxassislari ushbu dasturlar doirasida yurtimiz hududlarida bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan futbol tadbirlari haqida so‘zlab berdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA