FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l tumanida aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tumandagi «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Bahodir Boymurodov mavjud imkoniyatlardan foydalanib, o‘tgan yili «Mebel Gold Jasmina» oilaviy korxonasini tashkil qildi. Korxonaga zarur asbob-uskunalar xarid qilish uchun mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasi bilan bankdan 136 million 800 ming so‘m miqdorida kredit mablag‘i oldi.
– Ayni kunda korxonamizda idora va tashkilotlardan hamda aholidan kelib tushayotgan buyurtmalar asosida ofis va xonadonlar uchun zamonaviy mebel mahsulotlarini ishlab chiqaryapmiz, – deydi tadbirkor Bahodir Boymurodov. – Oilaviy korxonamizda 4 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Kelgusida korxonani yanada kengaytirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ishchilar soni hamda mahsulotlar turini yanada oshirishni rejalashtirganmiz.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA