Janubiy Afrika Respublikasi poytaxti Yoxannesburg aholisi dushanba kuni ertalab tashqarida noodatiy manzaraga guvoh bo‘lishdi. Shahar so‘nggi 10 yilda ilk bor qorga burkandi, deb yozdi Africa News nashri.
Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, Janubiy Afrika poytaxti hamda mamlakatning tog‘li hududlariga sovuq oqim kirib kelgan. Qor yog‘ishi tufayli yo‘llarda yaxmalak xavfi paydo bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Bunday ob-havo dengiz sathidan 1700 metr balandda joylashgan Yoxannesburg uchun kutilmagan holat hisoblanadi. So‘nggi qorli ob-havo 2012 va 1996 yilda kuzatilgan.
BBC News ma’lumotiga ko‘ra, sovuq havo hafta davomida saqlanib qoladi.
Xabarda aytilishicha, qor yog‘ishi mamlakatning ko‘plab hududlarida, jumladan, Sharqiy Keyp, Mpumalangu va Gauteng viloyatlarida ham kuzatilgan.