O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida kuzatuvchi bo‘lib qatnashayotgan TASS axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Mixail Gusman O‘zAga tashrif buyurdi.

Gusman Agentlik Bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov bilan suhbat davomida saylovlar umumdemokratik tamoyillar asosida o‘tganini alohida ta’kidladi.

-Kecha men Toshkent shahridagi bir necha saylov uchastkasida ovoz berish jarayonini kuzatdim, dedi mehmon. –Saylovning eng muhim tamoyillaridan – ochiqlik, oshkoralik to‘liq ta’minlanganiga guvoh bo‘ldim.

Xalqaro kuzatuvchi saylov uchastkalariga kelayotgan odamlar oqimidan hayratga tushganini ham yashirmadi.

Mixail Gusman Toshkentdagi bunyodkorlik ishlari jadal borayotgani, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan boshlangan islohotlarning muvaffaqiyatli davom etayotganidansevinganini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zA va TASS agentliklari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

O‘zA