Bangkokda o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining 62-Bosh Assambleyasida qit’amiz miqyosida o‘tkaziladigan bir qator kompleks musobaqalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yilning noyabr oyida Tailandning Bangkok va Chonburi shaharlarida o‘tishi rejalashtirilgan VI Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari 2024 yilning fevral-mart oylariga qoldirildi.

Xitoyning Xarbin shahri 2025 yil o‘tkaziladigan IX qishki Osiyo o‘yinlari mezbonligini qo‘lga kiritdi.

 

J.Toshxo‘jayev,

O‘zA