Mamlakatimizda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko‘plab xorijlik mutaxassislar e’tiborida bo‘ldi. Xususan, bir qator sport tashkilotlaridan kelgan mutasaddilar ushbu jarayonni kuzatish uchun Toshkentdagi qator saylov uchastkalariga tashrif buyurdi.

Gruziya Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Emzar Zenaishvili, Ozarbayjon Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Azer Aliyev, Rossiya Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Rodion Plituxin, Xalqaro elektron sport federatsiyasi bosh direktori Vlad Marinesko, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi Ray Nassiri poytaxtimizdagi qator manzillarda jarayonni ko‘zdan kechirdi.

Xorijlik kuzatuvchilar yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov kabi mutasaddilar bilan mamlakatlarning sport sohasidagi do‘stona aloqalarini yanada mustahkamlash, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish borasida o‘zaro fikr almashdi.

O‘z navbatida, mehmonlar saylov yuqori saviyada tashkil etilgani, kelgusida O‘zbekiston bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

 

O‘zA