Ayni paytda mamlakatimizda tashkil etilgan 10 ming 784 ta saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu muhim siyosiy tadbir yurtimiz taraqqiyoti, kelajagimiz rivoji yo‘lida hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Ta’kidlash joiz, joriy yilning 28 iyundan 5 iyulgacha muddatidan oldin ovoz berish tashkil etildi. Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra, muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan 815 ming 313 nafar saylovchi foydalandi. Jumladan, 180 ming 729 nafari xorijda, 634 ming 584 nafari respublika ichida ishtirok etdi.

M.Komilova, O‘zA