SAYLOV-2023

Bugun yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov qizg‘in boshlandi.

Fuqarolik huquqidan foydalanib, saylovda faol ishtirok etayotgan aholi vakillari o‘zlari tanlagan munosib nomzodga ovoz bermoqda. “Adolat” sotsial-demokratik партиясидан Prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova bugun Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 21-saylov uchastkasiga oilaviy tashrif buyurdi. Saylovlar jarayonida ishtirok etib, ovoz berdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, ushbu saylov uchastkasida 1470 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, 51 nafari muddatidan oldin ovoz bergan.

Saylovlar davom etmoqda. 

O‘zA