Ayni kunlarda o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ota-onalar farzandlarini maktabga joylashtirish uchun harakatlarni boshlab yuborishgan. Aksariyat ota-onalar 6-6,5 yoshdagi farzandlarini 1-sinfga berishga shoshilishadi.

Aslida maktabga bolalar nechanchi sinfdan chiqishlari lozim? Bola maktabda tahsil olishga tayyormi? Ota-onalar bu kabi savollarni avvalo o‘zlariga berishlari lozim. Psixolog va pedagoglarning fikrlariga ko‘ra, 6 yoshli bolaning maktabda ta’lim olishi bir oz erta.

1-sinfga borish bola hayotining eng muhim davrlaridan biridir. Ilk o‘quv kunlarida o‘quvchilarning ko‘pchiligida stress holatlari yuzaga kelib, bu davrda ruhiy kechinmalar ustunlik qiladi. Bu ruhiy kechinmalarni yengish boladan kuchli irodani, o‘ziga bo‘lgan ishonch, qat’iyatlilik, yuksak maqsadni talab qiladi. Maktabda talab qilinadigan bilim va ko‘nikmalar bolada yetarli darajada rivojlanmagan bo‘lsa, bu bola ruhiyati va sog‘lig‘iga ta’sir qilib, salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: shoshilib, bolani stress holatiga tushirish va psixologiyasiga nojo‘ya ta’sir o‘tkazib, 6 yoshdan maktabga berish qanchalik to‘g‘ri? Mavzuga maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’uli o‘z fikrini bildirdi.

Batafsil:

 

M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA