FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Wyndham” mehmonxonasida “Markaziy Osiyo oliy ta’lim xabi sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Konferensiyaning yalpi majlisida Markaziy Osiyo mintaqasi vakillari, nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari, 20 dan ortiq mamlakat bo‘yicha mutaxassis va tadqiqotchilar ishtirok etdi. Anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlarida oliy ta’limning xalqarolashuvi, mintaqadagi transformatsiyasi, o‘zgaruvchan muhitda oliy ta’lim va innovatsiyalarning yangi roli muhokama qilindi hamda o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari ertaga Samarqand shahriga tashrif buyuradi. Mehmonlarni qadimiy va navqiron shaharda qisqa davra suhbatlari, yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan tanishuvlar hamda madaniy dastur kutmoqda.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA