“Sky News” nashri xabar berishicha, Namibiyada bir oiladan 13 kishi zaharli bo‘tqa iste’mol qilib jon berdi. Mahalliy radioeshittirish korporatsiyasi xabariga ko‘ra, yana to‘rt kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanilgan axborotda kamida 20 kishi tariq unidan uy sharoitida tayyorlangan alkogolli ichimlikdan olingan achitqi modda bilan aralashtirilgan “zaharli” bo‘tqa iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi.
Qurbonlar Afrika janubidagi mamlakat shimoli-sharqidagi Kavango hududidan, oilaning eng kichik a’zosi 2 yosh, kattasi 33 yosh. Halok bo‘lganlarning aksariyati bolalar, ular “oziq-ovqatga juda muhtoj edi”, deb yozgan “AfricaNews” sayti.