O‘zbek sporti jurnalistikasining otaxoni, futbolimiz sharhlovchiligi maktabi asoschisi Axbor Imomxo‘jayev xotira turniri nihoyasiga yetdi.

Unda 8 ta – “Paxtakor” (faxriylar), “Tong” (faxriylar), O‘FA (faxriylar), “Jurnalist” (faxriylar), shuningdek, “Championat.asia”, “Sports.uz”, “Sharhlovchi”, “Sulola” jamoalari ishtirok etdi.

“Bunyodkor” akademiyasining o‘quv-mashg‘ulot maydonida o‘tgan xotira turniri final bosqichida O‘FA hamda “Sulola” jamoalari to‘qnash keldi. Keskin va murosasiz o‘tgan final o‘yinida O‘FA jamoasi g‘olib keldi: O‘FA-“Sulola” 4:2. 3-o‘rin esa “Paxtakor” faxriylar jamoasiga nasib etdi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA