O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Boku shahrida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.
Vazir davlatimiz yetakchisining ozarbayjonlik hamkasbiga yo‘llagan samimiy salomini yetkazdi.
TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muloqotda O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatining bugungi ijobiy sur’ati yuqori baholangan.
O‘zA