Yoshlar siyosati va sport vazirligida “Besh tashabbus olimpiadasi”da g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan mahalla terma jamoalari uchun stritbol, vorkaut va universal sport maydonchalarini qurish ishlarini jadallashtirish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda sport maydonchalarining hududlarda qurilish jarayoni va holati, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

Muhokamalar jarayonida hududiy boshqarmalarga pudratchi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, hududiy komissiyalar bilan yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishda ko‘maklashish, pudratchi tashkilotlarga qurilish ishlarini jadallashtirish, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etib borish vazifalari yuklatildi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA