Qirg‘izistonda karate “WKF” bo‘yicha “Issyk-kul Open” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya davlatidan kelgan 500 nafarga yaqin ishtirokchi o‘zaro raqobatlashdi.

Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarida Sadriddin Saymatov, Quvonch Muhammadiyev, Muhammadali Saymatov oltin, Shohjahon Baxtiyorov kumush, Samarbek Hamroyev va Ulug‘bek Aliboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi. Qizlar orasida Shahrizoda

Ismatillayeva, Mohlaroyim Hakimjonova o‘z vaznida tengsiz ekanini isbotlagan bo‘lsa, Sevinch Rahimova, Zulxumor Tursunaliyeva kumush  medaliga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Sevinch Otaboyeva hamda Bonu Egamberdiyeva terma jamoamiz zaxirasiga bronza medal keltirdi.

Shu tariqa, terma jamoamiz a’zolari xalqaro turnirda 5 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza jamg‘argan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri