Bugun Bryusselda Shvetsiyani NATOga qabul qilish yuzasidan navbatdagi muzokara bo‘lib o‘tadi.

“TRT” telekanali xabariga ko‘ra, bu 11-12 iyul kunlari Vilnyusda o‘tadigan NATO sammiti oldidan oxirgi muzokara.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg tashabbusi bilan uyushtirilayotgan mazkur uchrashuvda Turkiya, Finlyandiya va Shvetsiya vakillari qatnashadi.
Anqara delegatsiyasi tarkibida tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Qalin va mamlakat yetakchisi maslahatchisi Akif Chag‘atoy Qilich bor.

Fidan va Qalin avval Shvetsiya bilan muzokaralarda ham qatnashgan, ular Stokgolmning Shimoliy Atlantika alyansiga a’zoligi borasida qat’iy yondashuvga amalga qilishadi, deya qayd etilgan axborotda.