Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, 2023 yil 10 iyul – 10 avgust kunlari respublika hududida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri amalga oshiriladi.
Tadbir doirasida yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish mavsumida oromgohlar, sanatoriylar hamda boshqa dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktika tadbirlari amalga oshiriladi.
O‘ta muhim, toifalangan va iqtisodiyot ob’ektlari, yonish-portlash xavfi yuqori hamda favqulodda vaziyat yuz berish darajasi yuqori bo‘lgan boshqa ob’ektlar, shuningdek, odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ta’minlanadi.
2023/2024 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan ob’ektlarning yong‘inga qarshi holatini talab darajasiga keltiriladi.
O‘rmon fondi ob’ektlarini yong‘indan qo‘riqlash va uy-joy fondi ob’ektlarining yong‘in xavfsizligi ta’minlanadi.
“Dolzarb 30 kun” tadbirida hokimiyat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik keng jalb etiladi.
O‘zA