Boks bo‘yicha 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va jahon chempioni Hasanboy Do‘smatov 15 iyul kuni Tailandda tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko‘tariladi.

Hasanboy Tailandda Xalqaro boks assotsiatsiyasi(IBA) tomonidan tashkil etiladigan “Chempionlar oqshomi” musobaqasida jang o‘tkazadi.

Shuningdek, mazkur boks kechasida taniqli charm qo‘lqop ustalarimizdan Mujibullo Tursunov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ham omadini sinab ko‘radi.

Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Martin Molina Salvador bilan, Mujibullo Tursunov tailandlik Xunatip Pidnuch bilan, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Dulat Bekbauov bilan kuch sinashadi. Janglar 3 daqiqadan 5 raund ko‘rinishida o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA