Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha YeXHT DIIHBning missiya rahbari Ursula Gachek bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilarga yaratilgan sharoitlar va saylovchilarning siyosiy huquqlarini ta’minlashda Ombudsmanning o‘rni borasida o‘zaro fikr almashildi.

Feruza Eshmatova inson huquqlari bo‘yicha vakili instituti  saylov jarayonida inson huquqlariga rioya etilishiga e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.

Ombudsman instituti xodimlari va uning mintaqaviy vakillari jamoatchilik tashkilotlari bilan birgalikda jazoni ijro etish muassasalariga amalga oshirgan monitoring tashriflari davomida saylash huquqiga ega bo‘lgan mahbus va mahkumlarga saylovda ishtirok etish tartibi tushuntirildi. Saylovga tayyorgarlik jarayonlarida inson huquqlarini  ta’minlash holatlari e’tibor markazida.

U.Gachek mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etib, bu borada Ombudsmanga keng imkoniyatlar berilayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida inson huquqlarini ta’minlash borasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida fikr almashildi.

N.Abduraimova,  

O‘zA